Iqtisodiyot | 15:26 / 09.01.2024
5436
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar qaysi hududda ishlayotgan ma’lum bo‘ldi

Qaysi hududda oilaviy korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

O‘zbekistonda 2023 yilning 1 dekabr holatiga jami faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 46 185 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 8 138 ta korxona.

Undan keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 170 ta hamda 5 023 ta bo‘lgan Farg‘ona va Xorazm viloyatlari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Toshkent viloyati – 3 937 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 3 919 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 888 ta;
  • Navoiy viloyati – 3 492 ta;
  • Buxoro viloyati – 3 087 ta;
  • Toshkent shahri – 3 007 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 189 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 564 ta;
  • Andijon viloyati – 1 506 ta;
  • Namangan viloyati – 983 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 282 ta.

Mavzuga oid