Samarqandda ikki nafar soliqchi qamaldi
Ular tadbirkorning noreal qarzini o‘chirib berish evaziga 1000 dollar talab qilib, pullarni olayotganda ushlangan.
Samarqandda ikki nafar soliq xodimi pora olgani uchun qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulung‘ur tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorga soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytadi.
Soliqchi ushbu “xizmati” evaziga 1000 dollar talab qiladi. So‘ng Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasida kameral soliq tekshiruvlari shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlovchi tanishini sherik qiladi.
Soliqchi Samarqand shahridagi kafelardan birida tadbirkordan “xizmat haqi” sifatida 500 dollar olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida soliq xodimlariga hukm o‘qilgan. Ularning ikkalasi ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024