Jahon | 15:51 / 09.01.2024
16815
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 684-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 8 yanvar tongida Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida Xmelnitskaya oblastida ikki kishi, Xarkiv va Kriviy Rih oblastlarida yana ikki kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlangan.
  • Nijniy Tagilda temiryo‘lda portlash ro‘y berdi. Ural transport prokuraturasi xabariga ko‘ra, temiryo‘lda «qandaydir qasirlash» bo‘lgan. Telegram-kanallar metall yuklangan sisternalarda portlovchi qurilma topilganini yozishgan.
  • Shvetsiya hukumati fuqarolarni urush boshlanishiga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda «Folk och Forsvar» mudofaa konferensiyasida fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bulin aytib o‘tgan. U boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.
  • «LXR» rahbari Leonid Pasechnik Rubejne shahrida rossiyaliklar samolyotidan aviabomba tushib ketganini ma’lum qildi. Ukraina hukumati turar joylar vayron bo‘lganini xabar qilgan.
  • Ukrainalik hakerlar Alfa-bankning 24 milliondan ortiq mijozlarining personal ma’lumotlarini oshkor qildi.
  • Frontda ukrainalik shoir Maksim Krivsov halok bo‘ldi.
  • Filipp Kirkorov «Novogodnyaya Maska»dagi ishtiroki uchun oladigan gonorarini Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlanganlar uchun berishni va’da qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Ukrain shaharlari o‘qqa tutilishi

Tunda va 8 yanvar tongida rossiyalik harbiylar Ukraina hududlari bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Butun mamlakat bo‘ylab havo trevogalari yangradi. Ukraina qurolli kuchlari raketalar zarbasi va rossiyaliklarning «Kinjal» raketasi uchirilishi xavfi haqida ogohlantirdi. Ukrain nashrlari Kriviy Rih, Zaporijjya, Dnipro, Xmelnitskaya va Xarkiv oblastlaridagi portlashlar haqida xabar bergan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xmelnitskaya oblastida zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi, Xarkiv oblastida — bir kishi, Kriviy Rihda ham bir kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlanib, turar joylar shikastlangan.

«Bugun tong, afsuski, yana yopirilma raketa zarbalari bilan boshlandi. Xarkiv shahri va oblasti, Zaporijjya, Kriviy Rih, Xmelnitskaya oblastlari. 45 kishi jarohatlangan, hozirgi vaqtga kelib to‘rt qurbon haqida ma’lumot bor. Yaqinlariga hamdardligimni bildiraman. Terrorchi davlat tezda javobimizni his qiladi», — degan Volodimir Zelenskiy urushning 684-kuni yakunlari bo‘yicha qilgan murojaatida.

Raketalardan shikastlangan elektr uzatish liniyasi, Zaporijjya
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar va politsiyachilar Xarkiv oblastining rossiyaliklar raketa zarbasiga uchragan Zmiyev shahrida xarobalar ostidan keksa yoshli ayolni olib chiqmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Voronka ot vzryva ryadom s chastnym domom v Kriviy Rih yaqinidagi Novomoskovsk shaharchasidagi uylar yaqinida portlashdan hosil bo‘lgan o‘ra. Uylardan biri rossiyaliklar raketa zarbasi oqibatida butkul vayron bo‘lgan
Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Kupyansk yaqinidagi pozitsiyalarida yangi yil kechasi

Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahrini 2022 yil 27 fevralida okkupatsiya qilgandi. Ushbu shaharda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan bo‘lib, u muhim ahamiyatga ega hisoblanadi: RF armiyasi shu joy orqali jangovar bo‘linmalari va harbiy texnikalarini Ukraina ichkarisiga olib o‘tgan. Ukraina QK Kupyanskni 2022 yil sentabridagi qarshi hujumda ozod etgandi, ammo rossiyaliklar Kupyansk, Liman va Baxmut yo‘nalishlarida yurishlarini davom ettirdi, shu tufayli shahar hamon zarbalar ostida qolmoqda. Quyida frontning ushbu uchastkasidagi ukrain harbiylari yangi yilni qanday sharoitlarda kutib olgani aks etgan suratlar.

Kupyansk yaqinidagi yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan ukrain jangchisi, 2023 yil 31 dekabr
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrainalik harbiy dronga granata bog‘lamoqda
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Dron operatori yerosti boshpanada
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Dron boshqarayotgan ukrain harbiysi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Polsha va Ukraina chegarasidagi fura haydovchilari

2023 yil noyabrdan polshalik fermerlar va yuk mashinalar haydovchilari Ukrainadan mahsulotlar olib keladigan furalar uchun chegara yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. Fermerlarga ko‘ra, Ukrainadan mahsulotlar importi narxlarni pasaytirmoqda va bu ularning daromadiga ta’sir ko‘rsatmoqda; yuk mashina haydovchilari ukrainalik hamkasblari tomonidan adolatsiz raqobat bo‘layotganidan shikoyat qilishgan. Bosh vazir Donald Tuskning yangi hukumati bilan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli muzokaralardan so‘ng 6 yanvar kuni blokada bekor qilindi.

Polsha-Ukraina chegarasidagi «Xrebenne — Rava Ruska» nazorat-o‘tkazish punktida navbatda turgan yuk mashinasi tomini tozalayotgan haydovchi
Kacper Pempel / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid