Kuchli shamol Forish tumani hokimligi majlislar zalining tomini uchirib ketdi
Tomning tunuka va taxtalari hokimlik avtoturargohida turgan oltita mashina ustiga tushib, shikastlagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida kuchli shamol hokimiyat binosining tomini uchirib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa bugun, 10 yanvar kuni soat 10:20 larda sodir bo‘lgan.
Shamol tezligi sekundiga 24 metrgacha kuchayib, aylanma shamol yuz bergan va Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismini qo‘porib, pastga uloqtirgan.
Oqibatda shamol uchirgan tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida bo‘lgan 6 ta mashina ustiga tushgan va ularga zarar yetkazgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tabiiy ofat tufayli ko‘rilgan talafotni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

09:24
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

21:31 / 11.04.2025