O‘zbekiston | 15:50 / 10.01.2024
6420
1 daqiqa o‘qiladi

Orol dengizi qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik boshlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, 2018 yilda Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi boshlangan

Ushbu tashabbusning maqsadi - suv havzasi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat oqibatlarini yumshatishdan iborat. O‘tgan yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligining sa’y-harakatlari natijasida Orol dengizining suvi qurigan tubi hududida cho‘l o‘simliklaridan ulkan o‘rmonlar barpo etildi. 

Yaqin kunlarda ekish mavsumining navbatdagi jarayoni boshlanadi.

So‘nggi haftalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Muhandislik muhofazasi va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan aviatsiya yordamida ekiladigan saksovul urug‘lari tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid