Samarqandda ikki nafar maktab o‘quvchisi mashina olib qochdi
Ular fuqaroning uyida turgan Damasni otvyortka yordamida o‘t oldirib, olib qochishgan.
Urgut tumanidagi Qayroqli mahallasida joylashgan 118-maktabning 8- va 11-sinf o‘quvchilari bo‘lgan ikki o‘smir shu tumanda yashovchi fuqaroning uyidan Damas mashinasini olib chiqib ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 6 yanvar kuni tunda sodir bo‘lgan.
Urgut tuman IIB va YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida mashina tumanning Mergancha mahallasidan davlat raqamlari yechib olingan holda topilgan.
O‘quvchilar mashinani olib qochgandan so‘ng unga gaz quyish uchun tumandagi “metan zapravka”ga borishgan va u yerdagi kuzatuv kameralariga tushib qolishgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan mashina olib qochgan o‘smirlarga nisbatan Urgut tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
10:06 / 19.09.2024
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
19:00 / 13.09.2024