O‘zbekiston | 11:59 / 12.01.2024
4555
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda ikkita ko‘cha transport harakati uchun qisman yopildi
Binkat va Rixsiliy ko‘chalari qisman yopildi. Harakat Rixsiliy ko‘chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu ishlar doirasida Binkat ko‘chasi to‘liq, Rixsiliy ko‘chasi 2024 yil 12 yanvar soat 10:00 dan 14 yanvar 21:00 gacha qisman yopildi.
Harakat Rixsiliy ko‘chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024