Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqaro va uning voyaga yetmagan qizi O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulligi diplomatlari ko‘magida mazkur hududda vaqtincha ishlayotgan fuqaro A.T. va uning voyaga yetmagan qizi M.G‘.ning vatanga qaytishi ta’minlandi.
Bosh konsulxonaga yo‘llangan murojaatga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.T. 2021 yil 12 oktyabr kuni tug‘ilgan qizi M.G‘. bilan birga 2022 yilda Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga vaqtincha ishlash uchun kelgan.
2023 yil 22 dekabr kuni uning Vladivostok shahridagi vaqtincha turar joyida Primorsk o‘lkasi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boshqarmasi va mahalliy politsiya xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada, A.T.ning Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgani aniqlangan.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan va fuqaroning voyaga yetmagan farzandi Vladivostok shahridagi «Krayevoy psixonevrologicheskiy dom rebenka» markaziga joylashtirilgan.
Bosh konsulxona xodimlari murojaat asosida Primorsk o‘lkasi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boshqarmasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Natijada, M.G‘. onasiga qaytarildi. Shuningdek, ushbu oilaning moliyaviy ahvoli inobatga olib, A.T. va uning voyaga yetmagan farzandi M.G‘.ga O‘zbekistonga qaytish uchun chipta sotib olib berildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025