Bild: RF qamoqxonalarida mahkumlarni frontga yollash uchun isitish tizimi o‘chirilyapti
Rossiya koloniyalarida noldan past harorat fonida mahbuslar Ukrainaga jangga borishi uchun chidab bo‘lmas sharoitlar yaratilmoqda, dedi jurnalistlarga huquq himoyachisi Olga Romanova.
Rossiyaning ko‘plab koloniyalarida qattiq sovuq harorat fonida ma’muriyatlar isitish tizimini o‘chirib qo‘yyapti va shu tarzda «u yerdagi erkaklar Ukrainaga jang qilish uchun jo‘nab ketishi uchun» chidab bo‘lmas sharoitlarni yaratyapti. Bu haqda 13 yanvar kuni «Bild na russkom» Telegram-kanali «Rus sidyashchaya» inson huquqlari loyihasi asoschisi Olga Romanovaga tayanib xabar berdi.
«Rossiyada aholining uch guruhi borki, ular frontda halok bo‘lganida ularga rahm-shafqat ko‘rsatilmaydi. Bular - mahbuslar, Moskvadan uzoqda joylashgan qashshoq hududlarda yashovchi milliy ozchiliklar va yangi fuqarolar. Ukrainada ushbu uch guruh jang qilib, halok bo‘layotgan ekan, rahbariyat boshqalar uchun holat normal ekani bo‘yicha illyuziyani yaratishi mumkin», dedi Romanova jurnalistlarga.
Ukrainadagi urushda mahbuslar
Uning fikricha, «mahbuslar shunchaki ommaviy ravishda Ukrainadagi front chizig‘iga jo‘natilmoqda va u yerda qurbon qilinmoqda». Ayni paytda, Rossiya qamoqxonalarida mahkum ayollarni yollash holatlari tobora ko‘payib bormoqda, deydi huquq faoli. «Bild na russkom» yozishicha, hozirda Ukrainada 1000 ga yaqin rossiyalik ayol jang qilmoqda.
Olga Romanova 2023 yil avgust oyida Rossiyada mahbus ayollar Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun ommaviy yollanayotgani haqida gapirgandi. Xususan, u Ukrainaning egallab olingan hududlari va Rossiya janubidagi koloniyalarda, xususan, Lipetsk viloyatida ayollarning faol yollanishiga ishora qilgan.
2023 yil dekabr oyida Gulagu.net inson huquqlari loyihasi asoschisi Vladimir Osechkin Newsweek nashriga RF Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN)dagi manbasiga tayanib, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri 100 ming mahbus frontga jo‘natilganini aytgandi.
FSIN koloniyalarda isitish tizimi o‘chirilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
Ayni paytda, Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) Rossiya axloq tuzatish koloniyalarida isitish tizimi ishlamayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘ida ozodlikdan mahrum qilish joylarida issiqlik ta’minotidagi uzilishlar haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. ATI tizimidagi barcha muassasalar (axloq tuzatish inspeksiyalari) belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilgan holda normal ishlamoqda. Isitish bilan bog‘liq nosozliklar va avariyalar sodir bo‘lmagan hamda hozir ham kuzatilmayapti», — deyiladi idora saytidagi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024