Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi
Margaritis Sxinas prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Sxinas 16 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashadi.
«Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohatni boshlayman. Tashrif 29-30 yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa - Markaziy Osiyo» investorlar forumi oldidan bo‘lib o‘tadi hamda Yevropa Ittifoqi va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi», deb yozdi Margaritis Sxinas ijtimoiy tarmoqda.
Xabarda Yevrokomissiya vitse-prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida qaysi masalalar muhokama qilinishiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
12:56 / 28.05.2025
O‘zbekistonning YeIdagi missiyasi rahbari Yevrokomissiya raisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025