Iqtisodiyot | 08:07 / 16.01.2024
4295
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya banki O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratishga tayyorligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda Santander bankining vakolatxonasi ham ochilishi mumkin.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasida Ispaniyadagi eng yirik, Yevropada esa beshlikka kiruvchi Santander bankining mintaqaviy menejyeri David Plaza bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Dunyo” xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ispan tomoni O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan istiqbolli yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirgan. Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun Santander banki O‘zbekistonga 500 million dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasi ochilishini jadallashtirish omili bo‘lishi ta’kidlangan.

Mavzuga oid