O‘zbekiston | 13:41 / 16.01.2024
5703
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: inflatsiyani jilovlamasak, kambag‘allik kamaymaydi, iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mutasaddilarga o‘tgan yil boshida benzin bo‘yicha yetarli zaxira qilish topshirig‘i berilgan. Narx oshmasligi uchun benzin bir yil davomida aksiz solig‘idan ham ozod qilingan edi

Shunga qaramay, benzin o‘tgan yil davomida o‘rtacha 19 foizga qimmatladi.

Bu – transport xarajatlari qimmatlashib, ishlab chiqarish va eksportda tannarx oshdi, degani.  

"Takror va takror aytaman. Inflatsiya – aholi va biznes daromadlari uchun soliq. Uni jilovlamasak, kambag‘allik kamaymaydi, iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi!" - dedi prezident.

Kelgusi yilda butun dunyoda oziq-ovqat narxlari oshishi ehtimoli yuqori. Mahsulotlar inflatsiyasini faqat oziq-ovqatni ko‘paytirish orqali jilovlash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Endilikda har yili mahsulotlarni ko‘paytirish bo‘yicha maxsus hukumat qarori qabul qilinadi. Har bir tarmoq vaziriga narx barqarorligini ta’minlash bo‘yicha KPI belgilanadi. Har haftada hukumat yig‘ilishidagi birinchi masala inflatsiyani jilovlashga bag‘ishlanadi.

Mavzuga oid