Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahbarlar o‘ziga asossiz ravishda mukofot pulini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
O‘tgan yili budjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Masalan, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan.
Yoki, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyalari 18 ta obektda amalda bajarilmagan 50 milliard so‘mlik ishlarni hisobotlarga qo‘shib yozgan.
Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard so‘m to‘langan.
Qo‘shrabot ta’lim bo‘limi buxgalteri tomonidan 3 milliard so‘m naqd pul va 1,5 milliard so‘m mablag‘ plastik karta orqali noqonuniy o‘zlashtirilgan.
"O‘zgidromet" rahbariyati budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asossiz 1,3 milliard so‘m ssuda olgan, shuningdek, o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan.
Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning budjetga qaytarilishi ta’minlanadi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025