Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni olib kelish choralari ko‘rilmoqda - O‘zbekiston FVV
O‘zbekiston FVV Rossiyaning Samara oblastida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralanganini tasdiqladi.
«Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 16 yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyati, Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yo‘lining 947 kilometrida harakatlangan Lada Largus rusumli avtomobil va «Gazel» rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida Lada Largus rusumli avtomobilda bo‘lgan jami 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
- Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni ham Rossiyaning Penza oblastida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan JAC miniveni qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Volvo rusumli yuk mashinasiga urilgandi. YTH oqibatida minivendagi yetti kishi, jumladan haydovchi voqea halok bo‘lgan, shifoxonada yana bir kishining joni uzilgandi. Jarohatlangan yana bir kishi shifoxonada qolmoqda. Qurbonlarning jasadlari o‘tgan haftaning shanba kuni O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti orqali vatanga qaytarilgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024