O‘zbekiston | 19:10 / 16.01.2024
12881
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan avtobus ag‘darilib ketdi

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi va uning yordamchisi tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, muolajadan so‘ng uylariga javob berilgan.

Foto: Kun.uz

Bugun, 16 yanvar kuni soat 13:20larda 4R-47 Urgut–Bulung‘ur avtomobil yo‘lining Urgut tumani Mergancha mahallasidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Viloyat YHXB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu rusumli avtobus yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda, avtobus haydovchisi va uning yordamchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Muolajadan so‘ng ularga uyiga javob berilgan.

Ma’lumot uchun, 4R-47 Urgut–Bulung‘ur avtomobil yo‘lining Urgut tumani Mergancha mahallasidan o‘tgan qismida tez-tez YTHlar bo‘ladi. Ular orasida, afsuski, odam o‘limi bilan bog‘liq avariyalar ham bor.

Noyabr oyida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketgan, oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 17 kishi tan jarohatlari olgandi.

2022 yil noyabrida Andijonda ro‘y bergan avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvida esa 6 kishi halok bo‘lgan, yana ko‘plab odamlar jarohatlangan edi.

Shuningdek, o‘tgan oyda Qozog‘istonda ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgandi.

Mavzuga oid