Sport | 02:08 / 16.01.2024
19822
3 daqiqa o‘qiladi

The Best-2023. Messi - yilning eng yaxshi futbolchisi, Gvardiola - eng yaxshi murabbiy

FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya) va Kilian Mbappeni  («PSJ» / Fransiya) ortda qoldirdi.

Barcha nominatsiyalar g‘oliblari: 

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina);

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona» / Ispaniya) 

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi murabbiy – Xosep Gvardiola («Manchester Siti» / Ispaniya);

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi ayollar murabbiyi — Sarina Vigman (Angliya milliy jamoasi) 

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi darvozabon – Ederson («Manchester Siti» / Braziliya);

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng yaxshi ayol darvozabon — Mari Erps («MYu» / Angliya) 

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Eng chiroyli gol muallifi – Gillermo Madruga («Botafogo» / Braziliya);

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Fair Play sovrini – Braziliya milliy jamoasi

Foto: FIFA
Foto: FIFA

«Eng yaxshi muxlis» — Ugo Daniel («Kolon Santa Fe» / Argentina) 

Ramziy jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:

Foto: FIFA
Foto: FIFA

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);

Himoyachilar: Kayl Uoker («Manchester Siti» / Angliya), Jon Stounz («Manchester Siti» / Angliya), Ruben Diash («Manchester Siti» / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Bernardu Silva («Manchester Siti» / Portugaliya), Jud Bellinghem («Borussiya D», «Real» / Angliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Vinisius Junior («Real» / Braziliya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid