Xitoy Shenchjyendan Toshkentga avtomobil orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘ydi
Uzunligi 6,5 ming kilometr bo‘lgan yo‘l vaqti 20 kundan 7 kungacha qisqartirildi.
Xitoyning Zhengzhou Hongyi Transportation logistika kompaniyasi Shenchjyendan Toshkentga avtomobilda yuk tashish xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi IRU.
Kuni kecha elektronika ortilgan yuk mashinasi Xitoyning Shenchjyen shahridan chiqib, Qirg‘iziston hududi orqali Toshkentga yetib keldi.
6,5 ming kilometr uzunlikdagi marshrut bo‘yicha yo‘l vaqti deyarli uch baravarga - 20 kundan 7 kungacha qisqardi.
IRU yangi marshrutning ochilishi Shenchjyen va Toshkent o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishi, shuningdek, chegara tartib-qoidalarini yanada osonlashtirishi hamda yo‘l vaqti va logistika xarajatlarini kamaytirishini alohida ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston kompaniyalari Xitoy bozoriga avtotashuvlar bo‘yicha muqobil yo‘nalishlarini o‘rganmoqda. Shu tariqa, yaqinda O‘zbekistondan uchta yuk mashinasi Qozog‘iston orqali Xitoy janubidagi Foshan shahriga tranzit yo‘l bilan yetib keldi.
Mavzuga oid
10:40 / 23.10.2024
O‘zbekistonning tranzit yuk o‘tkazish salohiyati 2030 yilga borib 4,4 barobarga ortadi
08:21 / 31.05.2024
2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari keldi
07:50 / 24.05.2024
O‘zbekiston Turkmaniston bilan yuk tashuvlari hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
10:36 / 21.03.2024