Jamiyat | 10:21 / 17.01.2024
17018
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda o‘t o‘chirish mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

FVB mashinasi M-39 xalqaro yo‘lida yonayotgan mashinadagi olovni yo‘lning qarama-qarshi tomonida, harakat qismida to‘xtab o‘chirayotganda ikkita mashina kelib urilgan.

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatida beshta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda ularning biri yonib ketgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 15 yanvar kuni soat 6:50 larda sodir bo‘lgan.

M-39 xalqaro yo‘lida Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harkatlanayotgan Nexia mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida muzlama tufayli yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab qolgan.

Shu paytda u bilan bitta yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi Nexia’ning orqa qismidan urgan. Oqibatda mashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVB o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan. Bo‘linma vaqtni tejash maqsadida qayrilish joyidan burilib kelmagan va qarama-qarshi tomonida yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab yonayotgan mashinadagi olovni o‘chirishga uringan.

Shu paytda o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Nexia va Nexia-3 o‘t o‘chirish mashinasiga kelib urilgan.

Hodisada hech kim og‘ir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid