Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkentdagi aksariyat binolar ekologik ekspertiza xulosasi olinmasdan quriladi” – ekofaol
“Daraxt kesilishi kerakmi, kesilyapti. Ming afsuski, shu kesilishga xulosa ham beriladi, o‘rniga 10 ta yoki 100 ta daraxt ekish kerak, u yer obod qilinishi kerak, deb tavsiyalar beriladi. Ammo buni xech kim nazorat qilmaydi. Ekologik ekspertiza xulosalari juda qat’iy, agar unga amal qilinadigan bo‘lsa, shaharda bu darajada betartib binolar qurilmas edi”. Ekofaol Bunyodbek Abdullayev Toshkentning ekoinqirozga kirib qolishi sabablari haqida gapirdi.
Abdullayevga ko‘ra, respublika ekologik ekspertiza markazining qurilishlarga qo‘yiladigan talablari ilmiy asosda ishlab chiqilgan. Xalqaro ekspertlar tomonidan ham tasdiqlangan. “Lekin juda ko‘p qurilishlar oldin loyihani tasdiqlatib oladi-da, ekologik ekspertizadan xulosa olmasdan qurilishni boshlab yuborishadi”,– deydi ekofaol.
“Keyin oxirida binoga kadastr olayotganda ekspertizani olaman deb o‘ylashadi, lekin Toshkentda qurilayotgan juda ko‘p binolarni surishtirsangiz, ekologik ekspertiza xulosasi olmasdan boshlangan binolar hisoblanadi. Ekologik ekspertiza xulosalari juda qat’iy, agar unga amal qilinadigan bo‘lsa, shaharda bu darajada betartib binolar qurilmas edi.
Ekologik qonunbuzarliklar sodir etilganda o‘sha vaqtda faqat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 38 ta moddasi bilan javobgarlikka tortilish belgilangan edi. Bu – faqat ma’muriy, faqat jarimalar. Bir yil ichida ekologik qonunbuzarliklar qayta-qayta sodir etilganda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hozir keyingi paytda qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash yoki boshqa qator ekologik jinoyatlar sodir etganda birdaniga jinoiy javobgarlik belgilash, jazo choralarini kuchaytirish belgilanib borilyapti. Lekin bu ham qaysidir ma’noda ekologik jinoyatlarni to‘xtatib qolayotgani yo‘q”,– deya qayd etadi Bunyodbek Abdullayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat o‘zi buyurtmachi bo‘lgan obekt qurilishlarida ekologik masalalar ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.
“Yo‘l qurilishi, metro qurilishi, ayniqsa ijtimoiy obektlar – davlat o‘zi buyurtmachi bo‘lgan obektlar bor. Bunday vaqtda ekologik masalalar ikkinchi darajali bo‘ladi. Metro tushishi kerakmi, tushishi kerak. U yerda daraxt kesilishi kerakmi, kesilyapti. [Shunga] guvoh bo‘lyapmiz. Lekin ming afsuski, shu kesilishga xulosa qanday beriladi, o‘rniga 10 ta yoki 100 ta daraxt ekish kerak, u yer obod qilinishi kerak deb tavsiyalar beriladi. Aytmoqchimanki, ekologik yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarda hali yo‘lning boshida ham, oxirida ham emasmiz. Buni doimiy takomillashtirish kerak”,– dedi u.
Shuningdek, Abdullayev bu jarayonda ekologiya vazirligi yoki boshqa tegishli tashkilotlarning ta’sir chorasini oshirish lozimligini, bu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan inspektorlarning ta’sir kuchi hududlarda juda pastligini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025