O‘zbekistonlik yigit Rubik kubiklardan yasalgan asarlari bilan Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Husan Mirzahabibov o‘z rasmlarida qo‘lida bolasi bor falastinlik ayol va Falastin bayrog‘ini tasvirlagan.
O‘zbekistonlik yosh Husan Mirzahabibov Rubik kubiklaridan yasalgan rasmlari bilan Falastin va uning xalqini qo‘llab-quvvatladi.
Jizzax viloyati, Zomin tumanida yashovchi 19 yoshli yigitning ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni ko‘p va u Rubik kubiklaridan foydalangan asarlari bilan tanilgan.
Ayniqsa, bu yigit ko‘plab mashhur shaxslar, jumladan, Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur, marhum prezident Islom Karimov va hozirgi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev siymosini aks ettiruvchi asarlari bilan mashhur.
G‘azo sektorida davom etayotgan mojarolar fonida Husan Mirzahabibov Falastin bilan birdamlik belgisi sifatida o‘z rasmlarida qo‘lida bolasi bor falastinlik ayol va shu davlat bayrog‘ini tasvirlagan.
Falastinlik onaning surati ustida ishlayotgan vaqtda yozib olingan video turli ijtimoiy tarmoqlarda 10 million martadan ko‘proq ko‘rilgan va ko‘plab «layk» to‘plagan.
Uning ta’kidlashicha, falastinlik ayolning bolasini ushlab turgan surati uning eng muhim asarlaridan biri bo‘lib, juda kuchli taassurot qoldirgan.
«Ushbu rasm bilan men ona va bolaga, bu davom etayotgan urushda begunoh bolalar qurbon bo‘layotganiga e’tibor qaratmoqchi edim. Bu manzarani butun dunyo musulmonlari ko‘rib turganidan ham xursandman. Bu asarni yaratish uchun 1500 ga yaqin Rubik kubigi kerak bo‘ldi, ish taxminan 8 soat davom etdi», dedi Mirzahabibov.
Yigitning ta’kidlashicha, uning ishi paydo bo‘lgach, Falastinning Toshkentdagi elchisi Javod Muhammad Avad uni elchixonaga taklif qilgan va Falastin muammosiga e’tibor qaratgani uchun o‘z xalqi va prezident nomidan minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024