Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC Samarqandni Markaziy Osiyoning «yangi javohiri» deb atadi
Britaniyaning yetakchi OAV – BBC o‘z saytida Samarqandni Markaziy Osiyoning «yangi javohiri» deb e’tirof etdi.
BBC jurnalisti o‘z maqolasida Samarqand haqidagi o‘z taassurotlarini bayon qilib, unda yangidan barpo etilgan Silk Road Samarkand majmuasi ham tilga olingan.
«Silk Road Samarkand turizm majmuasi – Amir Temur orzu qilgani kabi ulug‘vordir. Sakkizta osmono‘par zamonaviy, hashamatli mehmonxonalar va sog‘lomlashtirish markazlari binolari sovet ittifoqi davrida bir qator chempionlarni tarbiyalagan eshkak eshish sportida foydalanilgan keng kanal atrofida to‘plangan», deyiladi maqolada.
Shuningdek, shaharning Shohi Zinda kabi tarixiy binolari, bozorlar va zamonaviylikka uyg‘un mashhur sayyohlik markazlari haqida so‘z yuritiladi.
BBC muxbiri mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni ham qayd etib o‘tgan. Maqolada u sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish hamda ochiqlik va bag‘rikenglik siyosati bilan yangi O‘zbekistonning barpo etilayotganligini qayd etgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025