O‘zbekiston | 11:48 / 19.01.2024
6294
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Primorsk o‘lkasiga ishlashga yuboriladi

O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi mutasaddilari bilan qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulligi diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari - Primorsk o‘lkasi uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Vitaliy Blotskiy, qurilish vaziri vazifasini bajaruvchi Aleksey Pershin va Xalqaro hamkorlik agentligi boshlig‘i Aleksey Starichkov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston fuqarolarini Primorsk o‘lkasiga qonuniy tarzda ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Primorsk o‘lkasi rasmiylari joriy yilda hududda amalga oshiriladigan yirik qurilish ishlariga 7 ming ishchi kuchi yetishmayotganini ma’lum qildi. Birinchi bosqichda ushbu qurilish ishlariga 1200 nafar ishchilarni jalb etish va ularga barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida Primorsk o‘lkasi qurilish vazirligi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasida qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimini ishlab chiqish hamda imzolashga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid