Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeI ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Bryussel shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa tashqi harakatlar xizmati boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Belgiya poytaxtiga tashrifi davomida Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Yevropa tashqi harakatlar xizmati boshqaruvchi direktorining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Lyuk Devin bilan uchrashdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Yevropa hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, shuningdek, joriy yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildi.
2022 yil 6 iyulda parafirlangan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida «Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida»gi bitimning tezroq imzolanishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni, iqlim va ekologiya sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025