Britaniya lazerning birinchi jangovar sinovlarini o‘tkazdi
London raketalarni yo‘q qilish va uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir lazer qurollarini yaratishda oldinga qadam tashladi.
Britaniyada harbiylar sinov davomida birinchi marta DragonFire uzoq masofali lazer yo‘naltirilgan energetik qurol tizimidan foydalangan holda havo nishonlarini urishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi 19 yanvar, juma kuni mamlakat mudofaa vazirligi.
Sinovlar Shotlandiyadagi Hebrid poligonida bo‘lib o‘tdi. DragonFire lazerining diapazoni maxfiylashtirilgan, deb xabar berdi Britaniya hukumati. Qo‘shimcha qilinishicha, qurol «har qanday ko‘rinishga ega nishonni» aniq mo‘ljalga olishi mumkin. The Times nashrining yozishicha, sinov davomida DragonFire bir necha kilometr masofadan yaqinlashib kelayotgan dronlarni yo‘q qilgan.
Britaniya Mudofaa vazirligi yangi qurol kelajakda «ma’lum vazifalarni» bajarish uchun raketalarga arzon muqobil variant bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. «Energiya qurollari nishonlarga yorug‘lik tezligida tegadi va ularni nur yordamida yo‘q qiladi», - deya tushuntirilgan majmuaning ishlash tamoyili. Bir lazer zarbasi 10 funt sterling turadi, deya ma’lum qildi idora. Uning aniqligi bir kilometr masofadan tangani aniq urish bilan teng.
Muvaffaqiyatli sinovlar «tegishli masofalarda havo nishonlarini mo‘ljalga olish qobiliyatini namoyish etdi va ushbu texnologiyani joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir», — deya ma’lum qildi mudofaa vazirligi. Idora bayonotida aytilishicha, Britaniya armiyasi va dengiz floti ushbu quroldan havo mudofaasi uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
13:52 / 21.11.2024
Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
15:52 / 20.11.2024
Britaniya «Yunarmiya» va «Avangard»ga qarshi sanksiyalar kiritdi
15:20 / 14.11.2024