Isroil HAMAS harakatini moliyalashtirib kelgan – Borrel
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel Isroilni o‘z raqibini qo‘llab-quvvatlab kelganlikda aybladi.
Isroil davlati Falastin ma’muriyatini zaiflashtirish maqsadida HAMAS harakatini yaratish jarayonini moliyalashtirgan. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel bayonot berdi. Uning so‘zlarini Times of Israel keltirdi.
«Isroil hukumati FATH yetakchiligidagi Falastin ma’muriyatini zaiflashtirish maqsadida HAMAS harakatini moliyalashtirgan», dedi Borrel Valyadolid universitetida qilgan chiqishida. Siyosatchi bunday moliyalashtirish tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
Nashrning qayd etishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu o‘zining siyosiy raqiblari va ayrim ommaviy axborot vositalarining o‘z hukumati uzoq yillar davomida G‘azo sektorida HAMAS harakatini faol qo‘llab-quvvatlab kelgani haqidagi ayblovlarini rad etadi.
Mavzuga oid
09:17
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024