Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada xorij serialini tomosha qilgan o‘smirlar 12 yilga qamaldi
Yoshlar Janubiy Koreya serialini tomosha qilganlikda aybdor deb topilgan va omma oldida sazoyi qilingan.
Janubiy Koreya seriallarini ko‘rganlikda ayblangan ikki nafar 16 yoshli o‘smir KXDR sudi tomonidan 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqdagi videolavhani BBC e’lon qildi.
Taxminlarga ko‘ra, video 2022 yilda suratga olingan. Unda stadionda yig‘ilgan yuzlab maktab o‘quvchilari oldida qo‘llari kishanlangan ikki o‘smir turganini ko‘rish mumkin. Harbiy kiyimdagi erkaklar o‘g‘il bolalarni «o‘z xatolarini yetarlicha tushunmagani» uchun tanbeh berishadi.
BBC nashrining qayd etishicha, bunday videoyozuvlar kamdan-kam hollarda mamlakatdan tashqariga chiqadi, chunki KXDR yopiq mamlakat bo‘lib, ichki hayotni aks ettiruvchi fotosuratlar, videolar va boshqa dalillarni xorijga olib chiqish taqiqlangan. BBC ushbu videoni shimoliy koreyalik qochqinlar bilan ishlaydigan Janub va Shimol taraqqiyot tadqiqot institutidan (SAND) olgan.
SAND tomonidan ta’kidlanganidek, namoyish etilgan ommaviy sud jarayoni «xorij videolarini tomosha qilish oqibatlarini» ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Videoda quyidagi so‘zlarni aytayotgan targ‘ibotchining ovozini eshitish mumkin:
«Chirigan [Janubiy Koreya] qo‘g‘irchoq rejimining madaniyati hatto o‘smirlar orasida ham tarqaldi. Ular atigi 16 yoshda, lekin allaqachon o‘z kelajagini barbod qilishgan».
Keyin harbiylar mahkumlarning ism-sharifi va manzillarini o‘qib berishgan.
Qayd qilinishicha, avval bunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan o‘smirlar qamalmagan, balki «qayta tarbiyalash» uchun 5 yil muddatga mehnat lagerlariga jo‘natilgan.
Biroq, 2020 yilda qonunlar kuchaytirilgan va Janubiy Koreya seriallari va boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarini tomosha qilganlik uchun o‘smirlar va yoshlarga qamoq, voyaga yetganlarga esa o‘lim jazosi joriy qilingan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025