Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahrining ikki tumani: Yunusobod va Chilonzorda 23 yanvar kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 23 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumani: “Olmazor” MFYning ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
Yunusobod tumani: “Mingchinor”, “Registon”, “G‘ayratiy”, “Adolat”, “Anorzor”, “Yunusobod”, “Shahriston” hamda “Billur” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025