Peterburg portida bojxona bir tonnadan ortiq kokainni musodara qildi
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Antverpendan kelgan konteynerdagi qahva qoplari orasida narkotik kukuni solingan to‘rtburchaklar paketlar bo‘lgan.

Foto: German Custom/AP
Sankt-Peterburgning «Bolshoy» portida Belgiyadan yirik kokain kontrabandasi aniqlandi, deb xabar qildi Federal bojxona xizmati (Fs) matbuot xizmati 24 yanvar, chorshanba kuni. Gap 1200 kg narkotik haqida ketmoqda, uning qora bozordagi narxi 13 milliard rubldan oshadi, deyiladi departament bayonotida.
Federal bojxona xizmati kontrabandani, jumladan bojxona nazoratining texnik vositalarini qo‘llash orqali aniqlaganini ta’kidlamoqda: «Bojxona xodimlari Antverpendan (Belgiya) kelgan konteynerni skanerdan o‘tkazdi va qahva qoplari orasida oq kukunli to‘rtburchak shakldagi briketlarni topdi. Ekspertiza uning kokain ekanini tasdiqladi».
Kokain topilgach, Boltiqbo‘yi bojxonasi giyohvand moddalarni o‘ta yirik miqdorda kontrabanda qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Jinoyat kodeksining ushbu moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Bir oy ichida kokainning ikkinchi partiyasi
Bu - shu oydagi ikkinchi ana shunday holat. 10 yanvar kuni Federal bojxona xizmati Sankt-Peterburgning «Bolshoy» portida og‘irligi bir tonnadan ortiq bo‘lgan mingta kokainli briket topilgani haqida xabar berdi. Ular Nikaraguadan kelgan konteyner ichidan topilgan. Partiyaning bir qismiga BBB, ikkinchisiga esa Dior belgisi qo‘yilgan. Federal bojxona xizmatining ma’lum qilishicha, musodara qilingan kokain partiyasining qora bozordagi qiymati 11 milliard rublga baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

00:35 / 03.04.2025
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi

10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

22:29 / 30.12.2024