O‘zbekiston | 08:10 / 24.01.2024
1533
1 daqiqa o‘qiladi

Xavf guruhiga mansub aholi orasida onkologik kasallikni erta aniqlash 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda xavf guruhiga mansub aholi orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlashni 90 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Foto: Getty images

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, 35-65 yoshli ayollarni bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga skrining bilan qamrab olish 70 foizga yetkaziladi.

50 yoshdan oshgan xavf guruhiga mansub aholida oshqozon va o‘pka  saratonini erta aniqlash ko‘zda tutilmoqda.

30 yoshdan oshgan xavf guruhidagi aholi orasida jigar saratonini erta aniqlash skrining dasturlari joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid