Jahon | 17:56 / 26.01.2024
12158
5 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi sud ishlari va Donbassdagi harbiylar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 701-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF Tergov qo‘mitasi Belgorod oblastida Il-76 halokatidan keyin terakt bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Ukraina xavfsizlik xizmati ham tekshiruv ishlarini boshlagan.
  • Ukraina razvedkasi tasdiqlashicha, Il-76 samolyotida rossiyalik mulozimlar ham uchishi kerak bo‘lgan, ammo FXX so‘nggi daqiqalarda ularga bortga chiqishni taqiqlagan.
  • Sud 2023 yil 2 aprelida halok bo‘lgan Vladlen Tatarskiy ishida aybdor deb topilgan Darya Trepovani 27 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
  • Sobiq «DXR mudofaa vaziri» Igor Strelkov (Girkin) ekstremizmga chorlov bo‘yicha ishda ayblanib, to‘rt yilga qamaldi.
  • Ukrainada jang qilgan sobiq mahbuslar Putinga murojaat qilishdi. Ular va’da qilingan maoshlar va jarohatlanganlik uchun ko‘zda tutilgan to‘lovlarni olishmaganidan shikoyat qilishgan.
  • Rossiyadagi telegram-kanallar Ukraina qurolli kuchlari DXR hududidagi Ilovayskni o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar bor, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmagan. Hujum haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
  • France Info telekanali manbasi Rossiyaning Il-76 samolyoti ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimining Patriot raketalari bilan o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Bu ma’lumot tasdiqlanmagan.

Kun kadri. Rossiyaning Avdiyivka atrofida yakson etilgan zirhli texnikalari

Rossiya armiyasining Donetsk oblasti Avdiyivka shahri atrofidagi harbiy texnikalari. Rossiya qo‘shini shaharga 2023 yil oktyabridan buyon yurish qilmoqda. Ukraina tomoni va AQSh razvedkasining baholariga ko‘ra, Rossiya Avdiyivka atrofida 10 mingdan ortiq kishi (halok bo‘lganlar va yaralanganlar) va yuzlab harbiy texnikalaridan ayrilgan.
Libkos / Getty Images

Igor Strelkov va Darya Trepova ustidan hukm o‘qilishi 

Moskva shahar sudi oldida FXXning sobiq zobiti Igor Strelkov (Girkin)ga «ekstremizmga chorlov» ishi bo‘yicha hukm e’lon qilinishi munosabati bilan to‘planganlar. U Qrim hamda «DXR»dagi harbiylarga to‘lovlar to‘g‘risidagi ikki posti uchun sudlandi
Pelagiya Tixonova / «Moskva» agentligi
Igor Strelkov sudda
Nataliya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Igor Strelkovga hukm o‘qilayotgan kunda harbiy formadagi yarador kishi va politsiya xodimi Moskva shahar sudi binosi oldida
Anton Novoderjkin / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Darya Trepova Peterburgdagi sud binosida, bu yerda 2-G‘arbiy okrug harbiy sudi safar sud majlisida uni harbiy muxbir Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishida aybdor deb topdi. Trepova terrorizm, portlovchi moddalarni noqonuniy o‘tkazish va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Birinchi moddaga ko‘ra u 18 yilga, ikkinchisiga ko‘ra 13 yilga, uchinchisiga ko‘ra 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Muddatlarni qisman qo‘shish yo‘li bilan u 27 yilga qamaldi. 
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Darya Trepova ishi bo‘yicha so‘nggi sud majlisiga kelganlar
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari

Ukrainalik askarlar Baxmut atrofidagi oldingi chiziqda M109 o‘ziyurar artilleriya qurilmasida
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik tankchi harbiy topshiriqni bajarish oldidan
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik askar o‘q-dorilar solingan qutilar ustidan maskirovka to‘rini olib tashlamoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik askar M109 gaubitsasiga snaryad yuklamoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofidagi ukrainlar tanki
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut yaqinidagi front chizig‘ida okop oldida qo‘riqchilik qilayotgan ukrainalik piyoda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiylarning Donetsk oblastidagi okopi
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Donetsk oblastidagi pozitsiyada turgan ukrainalik piyoda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainaning 92-alohida shturm brigadasi M109A5 «Paladin» o‘ziyurar gaubitsasi Baxmut atrofida
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi pozitsiyada 92-alohida shturm brigadasi askari «Paladin» gaubitsasi ichidagi 155-millimetr kalibrli snaryadlarni ko‘rsatmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
92-alohida shturm brigadasi harbiysi «Paladin» gaubitsasidan rossiyaliklarning pozitsiyaiga o‘t ochmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid