O‘zbekiston | 13:20 / 27.01.2024
6346
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda ishlab chiqilgan ob-havo prognozi uslubi O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

Tel-Aviv shahrida Isroilda ishlab chiqilgan ob-havo va iqlim o‘zgarishlarini tahlil qilish va prognozlashtirishning noyob uslubini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: AP

O‘zbekiston diplomatlari Isroilning Emnotion kompaniyasi bosh direktori Ilya Shapiro bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot chog‘ida Isroil kompaniyasi tomonidan yaratilgan noyob texnologiyalarga asoslangan ob-havo va iqlim o‘zgarishlarini prognozlashtirish platformasini O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ilya Shapironing ta’kidlashicha, kompaniya prognozlari 80 foizdan ortiq aniqligi hamda yuqori darajadagi o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Bu profilaktika chora-tadbirlarini o‘z vaqtida rejalashtirish va ekstremal ob-havo o‘zgarishlari sababli kelib chiqadigan zararni kamaytirish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida Emnotion kompaniyasining prognozlashtirish uslubi sinovlarini O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatning turli hududlarida o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid