O‘zbekiston | 22:35 / 29.01.2024
37887
1 daqiqa o‘qiladi

Quramax rahbari sudda ko‘rsatma berdi. U bosimga uchraganini aytmoqda

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan Toshkent shahar sudining 29 yanvar kungi majlisida preparatning O‘zbekistondagi distribyutori – “Quramax Medical” MChJ direktori S.R.P. so‘roq qilindi. U o‘z ko‘rsatmasida tergov vaqtida bosimga uchraganini aytdi.

Shuningdek, hindistonlik sudlanuvchi undan Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevga qarshi ko‘rsatma berish so‘ralgani, “Bizga sen emas, Sardor va uning oilasi kerak”, deyishganini bildirdi.

Sud S.R.P.ning unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlaridan so‘ng ajrim chiqarib, sudlanuvchining sog‘lig‘i holati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Ekspertiza o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali ekspertlari zimmasiga yuklatildi.

Sud tibbiy ekspertizasi 2024 yilning 30 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Sud 2 fevralga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga oid