Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 23:32 / 30.01.2024
10263
2 daqiqa o‘qiladi
Nodavlat uyushmalarning davlatga taalluqli funksiyalari davlat idoralariga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran xo‘jalik boshqaruv organlari institutini tugatish rejalashtirilmoqda. Uyushmalar faoliyatiga davlat aralashuvi to‘xtatiladi, ularning rahbarlarini kelishish tartibi bekor qilinadi.
Foto: Fotolia
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan xo‘jalik boshqaruv organlari instituti bekor qilinishi mumkin. Bu – 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra:
- qonun hujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, uyushmalar faoliyatiga davlat aralashuvi, jumladan, uyushmalar rahbarlarini kelishish kabi tartibotlarni bekor qilinadi;
- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ro‘yxatini shakllantirgan holda, har biri bo‘yicha davlatga taalluqli funksiyalar tegishli vazirlik va idoralarga yuklanadi;
- xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga davlat organlari (yuqori turuvchi organlar), idora va tashkilotlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi; mazkur korxonalar o‘z faoliyatini bozor mexanizmlariga asoslangan holda, korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq amalga oshirishi ta’minlanadi.
Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024 yil sentabr oyigacha ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish