O‘zbekiston | 22:37 / 30.01.2024
14525
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab hospislar tashkil etish taklif etilmoqda

2024 yil oxirigacha ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan xospislar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu – 2024 yilgi davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

Foto: Kun.uz

Hospislarda og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatiladi.

Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, hospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy ko‘maklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar e’lon qilib borish va moliyalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Bu vazifa ijrosini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuklatish taklif etilgan.

Mavzuga oid