Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada soxta hujjat tayyorlab, firibgarlik qilayotgan o‘zbekistonliklar borligi ma’lum bo‘ldi
Yil boshidan buyon 70 nafardan ortiq o‘zbekistonlik hujjati soxtaligi tufayli Turkiyaning tegishli idoralari tomonidan tergov qilinmoqda.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada soxta hujjat tayyorlab, firibgarlik qilayotgan vatandoshlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, Istanbuldagi ba’zi shirkatlar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga qonunga zid ravishda turli xil qalbaki xujjatlarni rasmiylashtirib berish, AQSh, Kanada yoki Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirish bahonasida ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish holatlari ko‘paymoqda. Ushbu shirkatlar nomi bayonotda keltirilmagan.
Bosh konsulxonaga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan buyon 70 nafardan ortiq o‘zbekistonlik hujjati soxtaligi tufayli Turkiyaning tegishli idoralari tomonidan tergov qilinmoqda.
«Bunday holatlar tufayli Turkiyada qonuniy yashab kelayotgan fuqarolar ham bir qancha byurakratik to‘siqlarga uchramoqda», deyiladi bayonotda.
Bosh konsulxona vatandoshlarni shunday shirkatlarga aldanmaslik, shubhali yoki qalbaki hujjatlarni Turkiya davlat idoralariga topshirmaslik, pul, shaxsiy va muhim ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik haqida ogohlantirgan.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025