Yirik shaharlarda Yevro-5 standartiga mos bo‘lmagan avtomobillar harakati cheklanishi mumkin
O‘zbekistonning 14 ta shahrida Yevro-5 standartiga javob bermaydigan avtomashinalardan foydalanishni 2030 yilgacha bosqichma-bosqich cheklash taklif etilmoqda. Shuningdek, 2024 yil 1 martdan boshlab to‘la vazni 10 tonnadan yuqori transportlarning tig‘iz vaqtlarda Toshkent ko‘chalarida harakatlanishi taqiqlanishi mumkin.
2024 yilgi davlat dasturi loyihasi bilan, O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish doirasidagi ayrim choralar ilgari surilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan boshlab:
- hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va havo tarkibida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini, ayniqsa yurak, qon-tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- 500 va undan ortiq kvadrat metrlik qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi;
- Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi; bunda, ushbu cheklov maxsus xizmat, shu jumladan kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va Qurolli Kuchlar yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, 2030 yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida Yevro–5 va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi mumkin.
Shuningdek, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni avtomobillar harakatlanishini qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” deb belgilash taklif etilmoqda.
Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan respublika va hududiy ijro etuvchi organlarning barcha rahbarlari va xodimlaridan ishga jamoat transportida kelish orqali aholiga namuna ko‘rsatish talab etiladi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024