Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yadi
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda bir shaxs ikki marta prezidentlik lavozimini egallashi mumkin.
Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AKIpress axborot agentligiga davlat rahbari matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
«Ha, prezident Sadir Japarov ikkinchi muddatga saylovda ishtirok etadi. Bu ish boshlangan va strategik ahamiyatga ega uzoq muddatli xalqaro loyihalar rejalashtirilayotganini hisobga olsak, bu izchil qadam bo‘ladi», dedi Alagozov.
Avvalroq, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov ham amaldagi prezidentning ikkinchi muddatga saylanish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Japarov 2021 yil yanvarida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan va ikki yarim haftadan so‘ng rasman o‘z lavozimiga kirishgan. Uning vakolat muddati uch yildan keyin tugaydi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatning navbatdagi prezidenti olti yillik emas, balki besh yillik muddatga saylanadi. Bundan tashqari, endi bir shaxs ikki marta prezidentlik lavozimini egallashi mumkin.
Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2026 yilda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025