Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga yengilroq jazo tayinlatib berishini aytib 15 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs ushlangan.
Fuqaro R.A. “T-Sh.” MChJ rahbari D.E.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 15 ming dollar evaziga yengil jazo tayinlatib berishini aytib, shundan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025