Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MChJ mas’ullari majburiy badal uchun to‘langan 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida majburiy badal uchun to‘langan mablag‘larni o‘zlashtirgan MChJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «K.T.» MChJ mas’ul shaxslari 2022 yil va 2023 yilning iyul oyiga qadar Tuzel dahasidagi ko‘p xonadonli uylarning mulkdorlari tomonidan majburiy badal uchun to‘langan mablag‘larning 184 million so‘mini go‘yoki ish haqi sifatida va 974,7 million so‘mini turli tovar moddiy boyliklar xaridi uchun sarflangani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
15:00 / 12.01.2025