Toshkentda foizga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
Tergov boshqarmasiga ko‘ra, u garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan puldan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgani holda belgilangan muddatda qarz va foizlarni bermagan odamlarning uy-joyini, mashinasini tortib olish bilan shug‘ullanib kelgan.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining xabar berishicha, Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 30 yoshli T.A. jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ushbu shaxs fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar joy va transport vositalarini garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgani aniqlangan.
Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va transport vositasini tortib olish bilan shug‘ullanib kelgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan.
“Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi IIB xabarida.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
15:44 / 21.11.2024