Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev va Moskvada mitinglar. Urush suratlari
Kiyevda mitingga chiqqanlar shahar hokimiyatidan armiya uchun pul ajratishni talab qilmoqda, Moskvada esa safarbar qilinganlarning rafiqalari o‘tkazgan aksiya ishtirokchilari qo‘lga olindi.
Kiyevda norozilik aksiyasi
Kiyevda shahar ma’muriyati binosi oldida harbiylarni qo‘llab-quvvatlash, Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun moliyalashtirishni oshirish hamda budjet xarajatlari shaffofligini ta’minlash talablari bilan korrupsiyaga qarshi yangi aksiya bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, bu safar talablarga shaharni yanada inklyuziv qilib, yaralangan va nogironligi bor harbiy faxriylar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha chaqiriqlar ham qo‘shilgan.
Shahar ma’muriyati binosi oldida bu kabi aksiya o‘tkazilishi odat tusini olmoqda, oxirgisi uch oyga yaqin vaqt oldin bo‘lib o‘tgandi. Aksiya tashkilotchilaridan biri Miroslav Gavrishchuk «Suspilne» nashriga aytishicha, Kiyevda hozirda budjet xarajatlarining atigi bir foiziga yaqini harbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi, holbuki Ukrainaning boshqa shaharlarida bu ko‘rsatkich ancha yuqoriroq. «2023 yilgi tahlillarga ko‘ra, Kiyevda budjet profitsiti kuzatilgan, bu esa qo‘shimcha mablag‘lar ham mavjudligini anglatadi», — degan Gavrishchuk. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida o‘tkazilgan bu kabi aksiyalar qisman natija bergan — shahar hokimiyati harbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 3,3 milliard grivna (880 ming dollar atrofida) ajratgan.
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Donbassga jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan harbiylar
Yaqinda CNN nashrida chiqqan maqolasida Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukraina shaxsiy tarkibni to‘ldirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, RF QK esa inson resurslarida katta ustunlikka erishayotganini tan olgandi. Ukraina qurolli kuchlari yo‘qotishlarga uchrashda davom etmoqda, shu bilan birga Ukraina QK harbiy xizmatchilarining o‘rtacha yoshi ortib bormoqda — The Sunday Times baholariga ko‘ra, hozirda bu 43 yoshni tashkil etadi. Hukumat bu muammoni hal etish uchun safarbarlik uchun quyi yosh chegarasini 27 dan 25 ga tushirishni taklif qilmoqda — hozirda bundan yoshroq yigitlarni faqat ularning roziligi bilan jangga yuborish mumkin. Volodimir Zelenskiy yaqin vaqtlar ichida qo‘shimcha 450–500 ming kishini safarbar qilish rejalari haqida gapirgan, ammo bu masalada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Safarbar qilingan askarlarning rafiqalari Moskvadagi aksiyada
Shanba kuni Moskvadagi Kreml devorlari oldida Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganiga 500 kun to‘lgani munosabati bilan uyushtirilgan aksiya bo‘lib o‘tdi. Oq ro‘mol o‘ragan ayollar Aleksandrovskiy bog‘idagi Noma’lum askar qabriga kelishdi va Mangu olov oldiga guldastalar qo‘yishdi. Aksiya safarbar qilinganlarning rafiqalari tuzgan «Put domoy» guruhi tomonidan har shanba kuni o‘tkaziladi — bu safargisi hisob bo‘yicha to‘qqizinchisi bo‘ldi. Bu safar aksiyani muxolifatchi Maksim Kats va Aleksey Navalniyning jamoasi qo‘llab-quvvatlab, boshqalarni ham unda ishtirok etishga chaqirdi.
Moskva prokuraturasi bunga javoban bir kun oldin «kelishilmagan ommaviy marosimlarda ishtirok etganlik» uchun javobgarlik borligi haqida ogohlantirgandi — va aksiya kuni chindan ham ishtirokchilar qo‘lga olindi. Ammo qo‘lga olinganlarning aksari voqeani yoritish uchun kelgan jurnalistlar bo‘lishgan. Xususan, «Ostorojno, novosti», Sota.Vision, «Kommersant», France Press, Spiegel tahririyatlari o‘z xodimlari ushlangani haqida xabar berishgan, shuningdek «Za prava cheloveka» harakati faollari politsiya bo‘limiga olib borilgan. Shu bilan bir vaqtda, Vladimir Putinning Pokrovkadagi saylovoldi shtabi oldida qo‘lga olish jarayoni bo‘lib o‘tgan, bu yerda politsiya aksiyani yoritish uchun kelgan yana yetti jurnalistni ushlagan.
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Gosha Guzovskiy
Pokrovskdan evakuatsiya
Pokrovsk — Donetsk oblastining anneksiya qilingan Donetskdan 50 kilometr, front chizig‘idan 40 kilometr masofada joylashgan shahri. Pokrovsk hududi deyarli har kuni o‘qqa tutiladi. Quyidagi kadrlarda — Pokrovskda yashovchi keksa ayollarning Ukrainadagi «Vostok SOS» xayriya fondi tomonidan shahardan evakuatsiya qilinishi jarayoni aks etgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025