O‘zbekiston | 11:15 / 04.02.2024
7004
1 daqiqa o‘qiladi

O‘monga O‘zbekistonning yangi elchisi tayinlandi

Yangi elchi O‘mon poytaxtiga yetib borgan.

Abdusalom Hotamov

Abdusalom Hotamov O‘monga O‘zbekistonning yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

52 yoshli Abdusalom Hotamov 2018–2024 yillarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulligini boshqargan.

U 1999 yildan tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlay boshlagan. TIVning Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy boshqarmasi, Misr va Saudiya Arabistoni elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Abdusalom Hotamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasini 2018-2021 yillarda boshqargan Anvar Abdulhalimovning o‘rnini egallagan.

Ma’lumot uchun, O‘mon Sultonligi O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil dekabrida rasman tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 22 aprelida o‘rnatilgan.

Mavzuga oid