Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz shahrida yuk ko‘tarish hajmi 8 tonnadan oshadigan transport vositalarining harakati cheklandi
Endi shaharga yuk ko‘tarish hajmi 8 tonnadan oshadigan transportlar tegishli tashkilotlar ruxsati bilan kira oladi.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, bu haqda 2023 yil 22 dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining qarori qabul qilingan.
Qaror bilan Termiz shahrida yirik hajmli va og‘ir vaznli (yuk ko‘tarish qobiliyati 8 tonnadan yuqori bo‘lgan) transport vositalarining harakati cheklangan.
“Bunda, harakatlanish alohida hollarda Termiz shahar hokimligi, “Surxondaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti va viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan o‘zaro tasdiqlangan kelishuv (sxema) orqali amalga oshirilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Termiz shahri yuk ko‘tarish hajmi 8 tonnadan oshadigan mashinalar harakatlanishi to‘liq cheklangan birinchi shahar bo‘ldi. O‘zbekistondagi boshqa yirik shaharlarda faqat ayrim ko‘chalardagina yuk ko‘tarish hajmi 8 tonnadan oshadigan mashinalar harakati cheklangan xolos.
Mavzuga oid
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi
17:11 / 16.12.2024