Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro Sh.Ch. boshqaruvidagi Spark to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro hech qanday hujjatsiz jami 518 dona «Regapin» va «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
15:00 / 12.01.2025