O‘zbekiston | 23:28 / 06.02.2024
16566
1 daqiqa o‘qiladi

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ketdi

Uning o‘rinbosari hokim lavozimiga vaqtincha tayinlandi. 

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Guliston shahri hokimi Dadabayev To‘lqinjon To‘lanovich sog‘ligidagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi. 

Guliston shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botirov G‘ayrat Axmatovich zimmasiga yuklatilgan. 

To‘lqinjon Dadabayev shahar hokimi sifatida 2019 yil 25 fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

 

Mavzuga oid