Sport | 22:06 / 06.02.2024
25648
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi-2023. Iordaniya Janubiy Koreyani mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi

Osiyo kubogi-2023 hal qiluvchi o‘yiniga yo‘llanma olgan dastlabki milliy jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Yarimfinal doirasidagi Janubiy Koreya va Iordaniya o‘rtasidagi uchrashuv oldidan ko‘pchilik favorit sifatida koreyslarni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Iordaniya sensatsion natija ko‘rsatdi deyish mumkin.

53-daqiqada An-Naymat «Ahmad bin Ali» o‘yingohini larzaga solib hisobni ochdi – 1:0.

66-daqiqada esa At-Tamari koreyslar darvozasiga ikkinchi golni yo‘llab, o‘yin masalasini amalda hal qildi – 2:0.

Son Hyon Min yetakchiligidagi koreyslar o‘yin oxiriga qadar hisobni o‘zgartirish uchun intilishdi, ammo Iordaniya ishonchli g‘alabani saqlab qoldi va o‘z tarixida ilk marta finalchiga aylandi. Ikkinchi finalchi ertaga, 7 fevral kuni Qatar va Eron o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Osiyo kubogi. Yarimfinal. 6 fevral

Iordaniya – Janubiy Koreya 2:0
Gollar: 
1:0 – 53 An-Naymat, 2:0 – 66 At-Tamari.
Iordaniya – Abu-Layla, Xaddad, Mari, Abu-Arab, Nasib, Hasan Hashish, Al-Mardi, Ar-Rashdan, Ar-Ravadbah, Hammad, At-Tamari, An-Naymat.
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Txe Xvan, Kim Yen Gvon, Chjon Sin Xen, Sol Yen U, Li Chje Son (Chjon Vu Yen, 81), Pak Yen U (Chjo Gyu Son, 56), Xvan In Bom, Li Kan In, Son Hyon Min, Xvan Xi Chxan (Yan Xen Chjun, 81).
Ogohlantirishlar: Xvan In Bom (15), Xaddad (45), Hasan (64), Chjon Sin Xen (84).

Mavzuga oid