Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 27 dan 25 ga tushiriladi
Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Ukraina Oliy Radasi safarbarlik qoidalarini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar berdi «RBK-Ukraina».
Qonun loyihasini 243 deputat qo‘llab-quvvatladi, yana 12 kishi unga qarshi chiqdi, 45 nafari esa betaraf qoldi.
Ushbu qonun loyihasi, jumladan, harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 25 ga tushirishni, shuningdek, elektron chaqiruvni joriy etishni va muddatli harbiy xizmatni bekor qilib, uni bazaviy umumqo‘shin tayyorgarligi bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, hujjatga boshqa o‘zgartirishlar 21 fevralgacha kiritilishi mumkin. Shundan so‘ng, Radada ikkinchi o‘qish bo‘lib o‘tadi. Deputat Yaroslav Jyeleznyak qonun loyihasi fevral oyining oxirgi haftasida qabul qilinishi, mart oyi boshida imzolanishi va aprelda kuchga kirishi mumkinligini aytdi.
Qonun loyihasining birinchi varianti Ukraina parlamentiga 2023 yil 25 dekabrda kiritilgan, ammo ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Yanvar oyida hujjat qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Oy oxirida Ukraina Vazirlar Mahkamasi qonun loyihasining yangilangan versiyasini Oliy Radaga taqdim etdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025