Sport | 22:28 / 08.02.2024
24019
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi medallar dizaynini taqdim etdi

Fransiya 2024 yilgi Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlari uchun medallar dizaynini e’lon qildi. Eyfel minorasi medallar ramziga aylandi, oltiburchak, nurlar va qimmatbaho toshlar ilhomning uchta mabai bo‘ldi. 

Medallarning o‘zagida Fransiya va uning poytaxti asosiy ramzi – Eyfel minorasidan olingan oltiburchakli temir joylashadi. U qimmatbaho toshlar bilan bezatiladi. Medallar dizayni Chaumet zargarlik uyi tomonidan yaratilgan, u hashamatli tovarlar bilan savdo qiluvchi LVMH kompaniyasi tarkibiga kiradi. 

Eyfel minorasi yillar davomida bir necha marta ta’mirlandi, bu davrda uning ba’zi metall elementlari almashtirildi va saqlanib qoldi. Medallar o‘zagiga aynan shu metallar joylashtirilgan. Ular Eyfel minorasidagi kabi metall parchinlar bilan mustahkamlangan. 

Eyfel minorasi lentalar dizaynerlarini ham ilhomlantirdi: undagi naqsh minoraning temir panjarasiga mos keladi. Olimpiada medallari lentalari to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. 

Parij – 2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha o‘tkaziladi.

Mavzuga oid