O‘zbekistonda 2023 yilda 666 kishi shilqimlik uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi
Ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
O‘zbekistonda 2023 yilda shahvoniy shilqimlik qilgani yoki shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun jazoga tortilganlar soni ochiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning 12 aprel kunidan yil oxirigacha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bilan 48 nafar shaxs sudlangan. Shundan 7 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 41 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, prezident tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan, ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 411-modda va Jinoyat kodeksi 141-3-modda bilan to‘ldirilgan edi.
Oldinroq O‘zbekistonda 2023 yilda 9 131 kishi oilaviy zo‘ravonlik qilgani uchun jazoga tortilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
16:55 / 15.11.2024
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
22:39 / 13.11.2024