Toshkent viloyatida ikkita issiqxona 577 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Toshkent viloyatida ikkita issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 577 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, «Hududgazta’minot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Xususan, Zangiota tumanida joylashgan «M.A.» MChJ (495 million 56 ming so‘mlik) va ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Q. ga qarashli issiqxonalar (82 million 381 ming so‘mlik) tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 577 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025